Germaniya samolyoti Kobul aeroportidan atigi yetti kishini olib keta oldi
Chexiyadan Afg‘onistonga uchib kelgan ikkita samolyot ham uchish-qo‘nish yo‘lagida olomon to‘plangani bois Kobul aeroportiga qo‘na olmagan.
Bundesver samolyoti Kobul aeroportidan atigi yetti kishini olib ketishga muvaffaq bo‘ldi, ko‘proq odamlarni evakuatsiya qilishga aeroportdagi sharoit imkon bermadi, deb ma'lum qildi Germaniya tashqi ishlar vazirligi vakili.
“Tunda Kobul reysida yetti kishi evakuatsiya qilinganini tasdiqlaymiz. Aeroportdagi tartibsizlik va nazorat-o‘tkazish punktidagi tinimsiz otishmalar sababli ko‘proq nemis fuqarolari hamda evakuatsiya qilinishi lozim bo‘lgan odamlarni olib ketish imkoni bo‘lmadi”, - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aeroportning fuqaroviy qismida bo‘lgan odamlarni ham samolyotga chiqarishning iloji bo‘lmagan - “Aeroport xavfsizligini ta'minlashga mas'ul hamkorlar bunday imkoniyatni taqdim etmagan”.
Shuningdek, Chexiyadan Afg‘onistonga uchib kelgan ikkita samolyot ham uchish-qo‘nish yo‘lagida olomon to‘plangani bois Kobul aeroportiga qo‘na olmagani xabar qilingan.
Mavzuga oid
19:31 / 14.11.2024
Aeroportga ishga joylashtirish evaziga 1,5 ming dollar olgan xodim ushlandi
16:28 / 01.11.2024
Zarafshon shahri aeroporti faoliyati tiklanishi mumkin
07:37 / 26.10.2024
Toshkent aeroporti yaqinidagi yangi yo‘l o‘tkazgich ishga tushirildi
00:08 / 20.10.2024