O‘zbekiston olti oyda 16,5 mln dollarlik gilam eksport qildi
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-iyun oylarida qiymati 16,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan.

Qo‘mita xabarida aytilishicha, bu 2020 yilning mos davriga nisbatan 6,3 mln AQSh dollariga ko‘p.
2021 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston gilam eksport qilgan asosiy davlatlar:
- Qirg‘iziston – 4,9 mln;
- Ozarboyjon – 3,7 mln;
- Afg‘oniston – 2,4 mln;
- Rossiya – 1,9 mln;
- Saudiya Arabistoni – 1,5 mln;
- Qozog‘iston – 1,3 mln;
- Tojikiston – 288,3 ming;
- AQSh – 169,3 ming;
- Ukraina – 141,9 ming;
- Turkiya – 114,7 ming AQSh dollari.
O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-iyun oylarida 15ta xorijiy davlatga gilam eksport qilgan.
Mavzuga oid

10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi

11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi

13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi

11:21 / 23.05.2025