Xorazmda fuqarolardan qariyb 700 million so‘mni qo‘lga kiritgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Xorazm viloyat sudida fuqarolarni o‘qishga kiritishga va'da berib, firibgarlik yo‘li bilan pul undirgan shaxslarga hukm o‘qildi.
1996 yilda Yangiariq tumanida tug‘ilgan, o‘rta-maxsus ma'lumotga ega, muqaddam sudlangan H.S. va 1994 yilda Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan, oliy ma'lumotli, muqaddam sudlanmagan O.I. birgalikda oliy ta'lim muassasalariga imtihondan o‘ta olmagan fuqarolarni oshirilgan shartnoma asosida o‘qishga kiritishga va'da berib, firibgarlik yo‘li bilan pul undirib kelgan.
Sudlanuvchi H.S va O.I. sherikchiligidagi qilmishi 2019 yil sentabr oyida boshlangan. Ular fuqaro M.O‘. bilan UrDU binosi oldida uchrashib, uning ishonchiga kirib, qizini superkontrakt asosida o‘qishga kiritishini aytib, 2 ming AQSh dollari va 3 mln 175 ming so‘m pulini firibgarlik yo‘li bilan olishgan.
Shu tariqa firibgarlar umumiy hisobda 20 fuqaroni aldab, o‘qishga kiritishiga ishontirib, jami 700 million so‘mga yaqin pullarini qo‘lga kiritishgan.
Sud H.S.ni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» va «b» bandlari bilan aybdor deb topib, 6 yil hamda O.I.ni ham aynan shu moddalar bilan aybdor deb topib, 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.
Fuqarolarga yetkazilgan moddiy zarar mahkumlardan undirilishi belgilandi.
Mavzuga oid
20:20 / 13.11.2024
Toshkentda EKU markazi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
07:46 / 07.11.2024
IIBB internetda firibgarlikning yangi ko‘rinishi avj olgani haqida ogohlantirdi
19:06 / 01.11.2024
Kiberxavfsizlik markazi Telegram orqali tarqalayotgan viruslardan ogohlantirdi
21:14 / 22.10.2024