Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Afg‘onistonning Tojikistondagi elchixonasi Interpoldan Ashraf G‘anini qo‘lga olishni so‘radi
Elchixona shuningdek, milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchi Hamdulla Muhib va prezident ma'muriyatining sobiq rahbari Fazl Mahmud Fazliyni ham qo‘lga olishni so‘ragan.
Afg‘onistonning Tojikistondagi elchixonasi Interpoldan Ashraf G‘anini qo‘lga olishni so‘radi. U jamoat mablag‘larini o‘g‘irlashda ayblanmoqda. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib TOLOnews telekanali xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, elchixona shuningdek, milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchi Hamdulla Muhib va prezident ma'muriyatining sobiq rahbari Fazl Mahmud Fazliyni ham ana shunday ayblov bo‘yicha qo‘lga olishni so‘ragan.
Elchixonaning fikricha, bu o‘g‘irlangan mablag‘larni Afg‘onistonga qaytarishga yordam beradi.
16 avgust kuni TASS Kobuldagi Rossiya elchixonasi xodimiga asoslanib G‘ani Afg‘onistonni yirik miqdordagi naqd pullar bilan tark etgani haqida xabar bergan.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025