Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilotlar faoliyati qonuniylashtiriladi
«Tadbirkorlik va professional faoliyat sub'yektlarini o‘z-o‘zini tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Ushbu qonun loyihasini ishlab chiqish Prezidentning 7.12.2020 yildagi «Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4913-son qarorida nazarda tutilgan.
Mazkur hujjat tadbirkorlik va professional faoliyat sub'yektlarini o‘z-o‘zini tartibga colish bilan bog‘liq jamoatchilik bilan munosabatlarini tartibga solishi, o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilotlarni tashkil etish va faoliyat yuritish, ularga a'zolik (ishtirok etish) va ularning huquqiy maqomini, davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini belgilashi rejalashtirilmoqda.
Loyihada quyidagi tushunchalar berilgan: o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilot a'zosining shaxsiy manfaati, professional faoliyat, professional faoliyat sub'yektlari, o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilot, o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilot qoidalari va standartlari va boshqalar.
O‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilot – tadbirkorlik sub'yektlarining ixtiyoriy a'zoligiga (ishtirokiga) asoslangan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan assotsiatsiya (ittifoq), jamoat birlashmasi yoki boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi notijorat tashkilot.
O‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilot ixtiyoriy yoki majburiy a'zolik shaklida tashkil etiladi.
O‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilotlarga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi:
- agar o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilotlarga nisbatan qonunlarda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilot tarkibida kamida 25 ta tadbirkorlik sub'yektining yoki ma'lum bir turdagi kamida 100 ta professional faoliyat sub'yektlarining a'zolari sifatida birlashish;
- o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilotning barcha a'zolari uchun majburiy bo‘lgan tadbirkorlik yoki professional faoliyat uchun standartlar va qoidalarning mavjudligi;
- o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tashkilot tomonidan uning har bir a'zosining ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) iste'molchilari va boshqa shaxslar oldida qo‘shimcha mulkiy javobgarligini ta'minlashi.
Mavzuga oid
12:21 / 17.03.2025
Shaxslarni o‘z roziligisiz foto va videoga olish taqiqlanishi mumkin. Adliya vazirligi qonun loyihasini muhokamaga chiqardi
19:08 / 12.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin
14:12 / 10.01.2025
Nodavlat o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 600 taga yetkaziladi
14:31 / 28.11.2024