«O‘zgidromet» tomonidan ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish reglamenti tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining “Gidrometeorologiya va atrof-muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Gidrometeorologiya va atrof-muhit ifloslanishini monitoring qilish sohasida ixtisoslashgan ma'lumotlar “O‘zgidromet” tomonidan shartnoma asosida taqdim etiladi. Bu Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4896-son qarorida belgilangan.
Ixtisoslashgan ma'lumotlar - iste'molchilar so‘rovi bo‘yicha saqlash, tahlil qilish, qayta ishlash va taqdim etish uchun qo‘shimcha ish va xarajatlar talab qilinadigan maqsadli gidrometeorologik va atrof tabiiy muhitning ifloslanishi haqidagi ma'lumotlar.
Qaror bilan tasdiqlangan Reglament quyidagilarni taqdim etish tartibini o‘z ichiga oladi:
- davlat organlari va tashkilotlariga - o‘zaro ma'lumotlar almashinuvi bo‘yicha qo‘shma dasturlar asosida, jismoniy va yuridik shaxslarga - Ochiq ma'lumotlar portali yoki “O‘zgidromet”ning rasmiy sayti orqali umumiy maqsaddagi tezkor va prognostik ma'lumotlarni taqdim etish tartibi;
- barcha iste'molchilarga ixtisoslashgan gidrometeorologik ma'lumotlar va xizmatlarni taqdim etish tartibi;
- tegishli davlat organlari va tashkilotlariga telekommunikatsiya vositalari, “O‘zgidromet”ning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali axborot hamda bildirishnomalar ko‘rinishida shoshilinch gidrometeorologik ma'lumotlarni taqdim etish tartibi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 7.08.2021 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
17:09 / 24.11.2024
O‘zbekistonda yangi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi
11:11 / 23.11.2024
Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi
10:24 / 23.11.2024
24 noyabr kuni harorat 20 darajagacha ko‘tariladi
10:51 / 22.11.2024