Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5ta davlat AQShga yordam bergan afg‘onlarni qabul qilishni taklif etdi

Foto: Reuters
5ta davlat Afg‘onistonda AQShga yordam bergan afg‘onlarni o‘z hududida vaqtincha joylashtirishni taklif qildi. AQSh davlat departamenti matbuot kotibi Ned Praysning ta'kidlashicha, bunday taklifni Albaniya, Kanada, Meksika, Uganda va Chili bildirdi.
Prays Kobuldan evakuatsiya qilinadigan afg‘onlarning bir qismi AQShning Qatar va Kuvaytdagi bazalarida vaqtincha joylashtirilishini ma'lum qilgan. Bundan tashqari, Albaniya va Kanada ham bunda yordam berishga tayyorligini aytgan.
AQShga yordam ko‘rsatgan afg‘onlarni evakuatsiya qilish “Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyatni egallagach boshlangandi. Reuters axborot agentligining xabar berishicha, toliblar avvalgi ma'muriyatda muhim lavozimlarda ishlagan yoki AQSh kuchlariga yordam bergan afg‘onlarning “qora ro‘yxati”ni tuzmoqda.
AQSh vakilining ta'kidlashicha, hozirda Kobul aeroportida evakuatsiya qilinishini kutayotgan 6 mingga yaqin odam qolmoqda. Prays ular orasida amerikaliklar, afg‘onlar va uchinchi davlatlar fuqarolari borligini qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid

11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda

09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti

22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi

21:38 / 27.05.2025