Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh kongressi yonida mashinasini portlatish bilan tahdid qilgan erkak politsiyaga taslim bo‘ldi
AQSh poytaxti Vashingtonda kongress kutubxonasiga mashinada kelib, undagi bombani portlatish bilan tahdid qilgan erkak bir necha soatlik muzokaralardan keyin politsiyaga taslim bo‘ldi.
The New York Times nashrining xabar berishicha, erkak qo‘lga olinishi vaqtida qarshilik ko‘rsatmagan.
Avvalroq Reuters jurnalistlari erkak shaxsini aniqlab, uning sobiq rafiqasi bilan bog‘lanishgan. Aniqlanishicha, erkak shizofreniyadan aziyat chekib kelgan.
Ayolning ta'kidlashicha, sobiq turmush o‘rtog‘i unga o‘qotar qurol bilan tahdid qilgan va ular 8 yil avval ajrashib ketishgan.
Avvalroq, 19 avgustda kongress kutubxonasi yonida pikap to‘xtagani, uning haydovchisi ijtimoiy tarmoqlarda jonli efir olib borgani va mashinasida portlovchi qurilma borligini aytgani ma'lum qilingan. U AQSh prezidenti Jo Bayden bilan gaplashmoqchiligini aytgan.
Erkak qo‘lida portlovchi qurilma detonatori borligi, u qattiq tovushga ishlab ketishi va agarda politsiya uni o‘qqa tutadigan bo‘lsa, portlovchi qurilma portlashidan ogohlantirgan.
Politsiya voqea joyini o‘rab olib, yaqin oradagi binolardan odamlarni evakuatsiya qilgan.
Mavzuga oid
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
09:01 / 01.05.2025
Kiyev va Vashington Ukrainani tiklash uchun investitsiya fondi tuzmoqda
07:30 / 29.04.2025
Vashingtondagi samolyot halokati sabablaridan biri ma’lum qilindi
17:21 / 16.04.2025