Sport | 21:30 / 20.08.2021
5210
3 daqiqa o‘qiladi

«Bunyodkor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Lokomotiv» Jizzaxda 90+4-daqiqadagi gol sabab kubok bahslarini tark etdi

O‘zbekiston kubogi 1/8 finali doirasidan o‘rin olgan so‘nggi ikki uchrashuv yakuniga yetib, barcha chorakfinalchilar nomi ma'lum bo‘ldi.

Foto: Tribuna.uz

Toshkentda Farrux Ikromovning yagona goli «Bunyodkor»ga «Navbahor» ustidan g‘alaba va chorakfinal yo‘llanmasini taqdim etdi – 1:0.

Jizzaxda esa «So‘g‘diyona» 90+4-daqiqada Javohir Qahramonovning chiroyli goli evaziga «Lokomotiv»ni mag‘lub etib, keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega chiqdi – 2:1.

O‘zbekiston kubogi. 1/8 final
«Bunyodkor» - «Navbahor» - 1:0
Bosh hakam
: Vadim Agishev.
Gol: Farrux Ikromov, 42.
«Bunyodkor»: 71. Sarvar Karimov, 26. Ulug‘bek Abdullayev, 30. Abdulla Abdullayev, 6. Avazbek O‘lmasaliyev, 4. Davronjon Ergashev, 13. Lutfulla To‘rayev, 17. Odil Abdurahmonov, 34. Suhrob Izzatov, 49. Ibrohim Tomiva, 9. Farrux Ikromov, 14. Mirjahon Mirahmadov.
Zaxira: 91. Zafar Safoyev, 3. Dian Talxatov, 8. Sanjar Rashidov, 21. G‘ayrat Azizxo‘jayev, 22. Shahboz Erkinov, 24. Bek Abdullayev, 33. Umarali Rahmonaliyev, 35. Azizbek Pirmuhammadov, 37. Muhammadodil Qahramonov.
«Navbahor»: 1. O‘tkir Yusupov, 4. Boyan Tsiger, 7. Azim Ahmedov, 9. Ivan Solovev, 10. Quvondiq Ro‘ziyev, 14. Guttiner Kosta, 19. Mirzohid G‘ofurov, 20. Ibrohim G‘anixonov, 22. Igor Golban, 24. Davronbek Hoshimov, 88. Boyan Naydenov.
Zaxira: 35. Rahimjon Davronov, 5. Xushnudbek Avilov, 8. Sardor Telyakov, 17. Ehsoni Panjshanbe, 28. Ilhom Alijonov, 33. Mirzohid Mirzamahmudov, 64. Muzaffar Mo‘minov, 70. Abbosjon G‘ulomov, 95. Zabihillo O‘rinboyev.

«So‘g‘diyona» - «Lokomotiv» - 2:1
Hakam
: Viktor Serazitdinov
Gollar: Ayubxon No‘'monov 20, Javohir Qahramonov 90+4 - Diyor Turopov 43.
«So‘g‘diyona»: 27.Milan Mitrovich, 2.Sardor Qulmatov, 4.Elyor Oripov, 5.Ayubxon No‘'monov, 6.Iskandar Shoyqulov, 10.Shohruz Norxonov, 18.Darko Stanoyevich, 19.Javohir Qahramonov, 28.Ergash Ismoilov, 31.Luka Chermel, 93.Marko Kolakovich.
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullayev, 11.Jasur Hasanov, 14.Daniel Nasriddinov, 15.Jasur Hakimov, 17.Shahboz Jo‘rabekov, 20.Bahodir Nasimov, 25.Nodirbek Qo‘yboqov, 63.Asiljon Begimqulov, 88.Muhsin Bozorov.
«Lokomotiv»: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 3.Islom Qobilov, 5.Kaxi Maxaradze, 8.Javohir Sidiqov, 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 14.Azizbek Amonov, 17.Sanjar Qodirqulov, 20.Jaloliddin Jumaboyev, 21.G‘ulom Haydar G‘ulomov, 37.Sherzod Fayziyev, 77.Diyor Turopov.
Zaxira: 35.Javohir Ilyosov, 4.Dilshod Komilov, 10.Marat Bikmayev, 19.Jasur Jaloliddinov, 22.Samuel Opel, 27.Islom Rashidxonov, 31.Javohir Abdualimov, 54.Igor Chikrizov, 94.Xurshidbek Muxtorov.

O‘zbekiston kubogi 1/4 final juftliklari bilan tanishing:

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid