Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Eksportdagi narx o‘zimizdan arzon edi» – Prezident Asakadagi zavod o‘tmishiga to‘xtaldi
Davlat rahbari tadbirkorlar bilan uchrashuv chog‘ida viloyatlar bilan ham bog‘landi. Andijon bilan jonli muloqotda Asaka avtozavodi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
“Ko‘p yillar Andijonda zavodimiz bor, deb faxrlanib yurdik. Soliqlardan ozod qildik, imtiyozlar berdik. Lekin u zavod xalqimizga manfaat keltirmadi. Eksportdagi o‘zimizning avtomobil ichki bozorimizdan arzon sotildi. Endi bu muammolarni bartaraf qilyapmiz.
Oldinlari paxtani yiliga ko‘pi bilan 1 mlrd dollarga sotardik. Lekin hozir Andijon viloyatining o‘zi qayta ishlash ortidan bundan ko‘p eksport qilyapti. Tadbirkorlar tomonidan, ko‘plab murojaatlarda biznesni moliyalashtirish manbalarini yanada ko‘paytirish maqsadida, nobank kredit tashkilotlarini ochish va yuritishga bo‘lgan mavjud talablarni kamaytirish va yengillashtirish so‘ralgan.
Shuning uchun, joriy yil 1 oktyabrdan mikromoliya tashkilotlarini litsenziyalash tartibi to‘liq bekor qilinadi. Endi, ular faoliyatini boshlashi uchun faqatgina Markaziy bank reyestriga kirishlari kifoya.
Shuningdek, bundan buyon, ularga kassa xonalari tashkil etish, hududlarda filiallar ochish uchun Markaziy bankning roziligini olish shart bo‘lmaydi. Ular tomonidan tadbirkorlarga beriladigan mikrokredit (300 million so‘m) va mikrolizing (600 million so‘m) uchun amaldagi cheklovlar ham, olib tashlanadi.
Shu bilan birga, mikromoliya tashkilotlariga boshqa tashkilotlardan mablag‘lar jalb qilish, obligatsiyalar chiqarish huquqlari ham beriladi. Shuningdek, ushbu tashkilotlar, xuddi banklar kabi, to‘lovlarni qabul qilish vakolatiga ham ega bo‘ladilar. Umuman, ushbu yangi imkoniyatlar hisobidan ham, kredit bozorida tadbirkorlarimiz uchun, yiliga qo‘shimcha 10 trillion so‘m mablag‘ shakllanadi”, deya prezident so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
14:35 / 18.02.2025
“Yosh tadbirkorlar” raqamli platformasi joriy etiladi
11:50 / 18.02.2025
Namanganda gazdan o‘g‘rincha foydalanib kelgan tadbirkor aniqlandi
18:54 / 17.02.2025
«Qat’iy belgilangan AOS korrupsiyaning oyog‘iga bolta urgandi, endi uni bekor qilishmoqchi» – soliq maslahatchisi
22:20 / 11.02.2025