Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident yirik tadbirkorlarni Qoraqalpog‘istonda imtiyozlardan foydalangan holda biznes ochishga chaqirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvda «Qoraqalpog‘istonda biznes qiling» tashabbusini bildirdi va imtiyozlar haqida gapirdi.
Tadbirkorlar bilan uchrashuvda davlat rahbari Qoraqalpog‘istondagi ishtirokchilar bilan ham alohida muloqot qildi.
«Qoraqalpog‘iston Respublikasi rahbariyatiga alohida topshiriq – «Qoraqalpog‘istonda biznes qiling» degan g‘oyani o‘ylab ko‘ringlar va rivojlantiringlar.
Ma'lumki, BMT tomonidan Orolbo‘yi mintaqasida turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha qator rejalar qilingan. Shunday qilinglarki, yirik tadbirkorlarning hech bo‘lmasa uchdan biri Qoraqalpog‘istonda biznesini yo‘lga qo‘ysin. Ularga shunday sharoit yaratib beraylikki, Toshkentda, Samarqandda yoki Buxoroda ishlashga nisbatan qulayroq bo‘lsin.
Tegishli vazirliklar, parlament bilan kelishib, menga bir oy ichida taklif beringlar.
Chunki birdaniga 10 mingdan ortiq tadbirkor bilan uchrashish kamdan kam bo‘ladi, men ularga bunday imkoniyat haqida aytmoqchiman.
Energiya ta'minotida ham, kommunal xizmatlarda ham, yo‘lda ham, soliqlarda ham imtiyozlar yarataylik.
Bir yil yakuni bo‘yicha Qoraqalpog‘istonda biznesini yo‘lga qo‘yib, eng yaxshi natijalar ko‘rsatgan tadbirkorlarni munosib taqdirlaylik.
Shu vatanni sevadigan tadbirkorlarimiz bu tashabbusga befarq bo‘lmaydi, deb o‘ylayman», deya prezident so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
16:13 / 23.03.2025
Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasining baki portlab ketdi. Jarohat olganlar bor
15:34 / 28.02.2025
O‘zbekistonda fanga noma’lum 2 qo‘ng‘iz turi kashf qilindi
22:01 / 25.01.2025
Qoraqalpog‘iston va Andijonda pul evaziga yer olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
17:49 / 09.01.2025