«Tolibon» asosan qaysi davlatlar bilan hamkorlik qilish niyatida ekanligi ma'lum qilindi
Toliblar Turkiya bilan sog‘liqni saqlash, ta'lim, iqtisodiyot, qurilish, energetika hamda foydali qazilmalarni qayta ishlash sohasida hamkorlik qilish niyatida.

Turkiya va Xitoy Afg‘onistonni tiklashda asosiy hamkorlar sifatida ko‘rilmoqda. Bu haqda «Tolibon» vakili Suhayl Shahin CGTN telekanaliga bergan intervyusida aytdi, deb xabar berdi EADaily.
«Xitoy katta iqtisodiyot va ulkan salohiyatga ega buyuk mamlakat. Xitoy Afg‘onistonni tiklashda katta rol o‘ynaydi, deb o‘ylayman», — dedi Shahin.
Shahin Turkiya borasida ham aniq fikrini bayon etdi.
«Afg‘oniston Islom Amirligi boshqa davlatlardan ko‘ra Turkiya bilan do‘stlik, qo‘llab-quvvatlov va hamkorlikka ko‘proq ehtiyoj sezadi. Afg‘oniston tabiiy resurslarga boy. Ammo bizda ularni qazib olish imkoni yo‘q. Barcha infrastruktura istilo va hukmdorlarning o‘g‘riligi sababli vayron bo‘lgan. Biz Turkiya bilan sog‘liqni saqlash, ta'lim, iqtisodiyot, qurilish, energetika hamda foydali qazilmalarni qayta ishlash sohasida hamkorlik qilmoqchimiz», — dedi u.
Mavzuga oid

19:14 / 19.04.2025
Ko‘p qutbli dunyoda – Turkiya va turkiy birlik

08:55 / 19.04.2025
Turkiyadan kelgan fuqarodan 320 mln so‘mlik qadimiy kitoblar topildi

20:43 / 17.04.2025
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji

20:21 / 17.04.2025