Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Kobuldan amalga oshirilgan rekord reysda 183 kishi ko‘proq bo‘lganini ma'lum qildi
AQSh harbiy-havo kuchlari 15 avgustda Afg‘onistondan olib chiqilgan afg‘on qochqinlari soniga aniqlik kiritdi. Ta'kidlanishicha, o‘sha kuni olib chiqilgan afg‘onlar avval xabar berilgandek, 640 nafar emas, balki 823 nafar bo‘lgan. Bu haqda Twitter’da ma'lum qilindi.
“To‘g‘rilandi: AQSh samolyoti C-17 Globemaster III 15 avgust kuni Hamid Karzay nomidagi aeroportdan Afg‘onistonning 823 fuqarosini olib chiqqan. Bu ushbu samolyot uchun rekord hisoblanadi. Dastlabki xabarda faqat kattalar hisobga olingan. Bortda, shuningdek, 183 bola ham bo‘lgan”, deb aytilgan xabarda.
Avvalroq samolyot o‘z bortiga bunday ko‘p odamni olmoqchi bo‘lmagani, biroq aerodrom hududiga kirgan afg‘on qochqinlari samolyotga yopirilib kirgani ma'lum qilingan. Ekipaj ortiqcha odamlarni kuch bilan tushirmay, bortda bo‘lgan hamma bilan uchishga qaror qilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025