Jahon | 18:53 / 22.08.2021
59451
9 daqiqa o‘qiladi

Toliblar hukmidagi Afg‘onistonning ilk haftasi - fotoreportaj

«Tolibon» hukmronligining birinchi haftasi - xalqaro reportyorlar nigohida.

Brandon Cribelar / U.S. Marine Corps / Reuters / Scanpix / LETA

So‘nggi oylar davomida mamlakatning barcha hududlari bo‘ylab hujumga o‘tgan «Tolibon» harakati kuchlari 15 avgust kuni poytaxt Kobulni qamal qilishdi — amerikalik harbiylar yordamisiz qolgan hukumat shaharni jangsiz topshirishga rozi bo‘ldi va tez orada poytaxtda ham oq bayroqlar hilpiray boshladi. Kobul aeroportida esa xaos boshlandi: shahar aholisi vahimaga tushib, minglab kishilar havoga ko‘tarilayotgan samolyotlarga yopirildi - mamlakatni tark etish istagidagi odamlar aeroport ichida amerikaliklarning, uning tashqarisida toliblarning qarshiligiga uchramoqda. Afg‘onistonning quruqlikdagi chegaralarida ham qochqinlar to‘plangan.

Shaharda qurbonlar ham bo‘ldi: aeroportdagi ur-yiqit, jurnalistlar va jamoat arboblarining uylaridagi tintuvlar, norozilik namoyishlarining o‘qqa tutilishi oqibatsiz bo‘lmadi.

Holbuki bunga qadar harakat vakillari ko‘p marta intervyularda ular — 1996 yilda Afg‘onistonda hokimiyatga kelganlardan butunlay boshqa odamlar ekani haqida aytib, avvalgi hukumat va g‘arbliklar bilan ishlaganlarga hech qanday bosim bo‘lmasligi, ayollarning huquqlari ta'minlanishi haqida va'dalar berishgandi.

«Meduza» tomonidan tayyorlangan fotogalereyada Afg‘oniston islom amirligida so‘nggi bir haftada ro‘y bergan voqealarni eslatuvchi suratlar keltiriladi.

Kobulning Vazir Akbar Xon tumanida patrullik qilayotgan toliblar. 18 avgust
Rahmat Gul / AP Photo / Scanpix / LETA
Kobul aeroportiga kiraverishdagi to‘s-to‘polon, minglab odamlar samolyotlarda mamlakatni tark etishga urinmoqda. Tiqilinch oqibatida halok bo‘lganlar soni kamida 12 nafarni tashkil etmoqda. 20 avgust
Wakil Kohsar / AFP / Scanpix / LETA
Ayollar bolalari bilan Kobul aeroportiga kirib olishga urinmoqda. 16 avgust
Reuters / Scanpix / LETA
Kobul aeroportida ko‘ngilli yaradorni olib ketmoqda / Wakil Kohsar / AFP / Scanpix / LETA
Amerikalik dengiz piyodasi qo‘lida chaqaloq bilan. O‘zlari aeroportga kirishga va Kobuldan uchib ketishga ko‘zi yetmagan ayrim afg‘onlar to‘siqlar orqali bolalarini harbiylarga uzatishmoqda - hech bo‘lmasa ular toliblar boshqaruvidagi Afg‘onistondan ketishi umidida. 20 avgust
Sgt. Isaiah Campbell / U.S. Marine Corps / Reuters / Scanpix / LETA
Mamlakatni tark etish istagini bildirgan afg‘onlarning murojaatlari bitilgan qog‘ozlar Kobuldagi Buyuk Britaniya va Kanada elchixonasi binosi oldida turgan «Hamvi» mashinasida / 19 avgust Wakil Kohsar / AFP / Scanpix / LETA
Kobul aeroportidan harbiy samolyotlar orqali evakuatsiya. 20 avgust
Brandon Cribelar / U.S. Marine Corps / Reuters / Scanpix / LETA
15 avgust kuni kechqurun Amerika harbiy-havo kuchlarining Boeing C-17 Globemaster III rusumli harbiy-transport samolyoti Kobuldan 640 nafarga yaqin afg‘onlarni evakuatsiya qildi. Ekipaj odamlarni qaytarib tushirib yubormaslikka va ularning barchasini olib ketishga qaror qilgan. Barcha qochqinlar samolyot poliga joylashtirilgan hamda ular sog‘-salomat Qatardagi aviabazaga yetib borishgan.
Brandon Cribelar / U.S. Air / Planet Pix / ZUMA / Scanpix / LETA
O‘tkinchilar toliblar patruli aeroport atrofida yig‘ilganlarni tarqatish uchun o‘t ochganida yaralangan ayolga yordam ko‘rsatishmoqda. 17 avgust. 
Marcus Yam / Los Angeles Times / Getty Images
Qandahor ko‘chalaridagi patrul. Shahar 12 avgust kuni toliblar qo‘liga o‘tgandi. 19 avgust
EPA / Scanpix / LETA
Toliblar Kobulga kirgach, reklama plakatlaridagi ayollarning surati bo‘yab tashlandi. 20 avgust
Haroon Sabawoon / An​adolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Mustaqillik kuni munosabati bilan namoyishchilar Afg‘oniston islom respublikasi bayroqlarini ko‘tarib ko‘chalarga chiqishdi, ularning orasida ayollar ham ko‘p edi. Ayrim joylarda toliblar namoyishlarni shafqatsizlik bilan bostirishdi va o‘qotar qurollar qo‘llanishi oqibatida qurbonlar bo‘ldi. Kobul, 19 avgust.
Reuters / Scanpix / LETA
Britaniya mustamlakasidan ozod bo‘lingan kun - 19 avgustda o‘tkazilgan namoyishlar, shu kuni namoyishchilar joylarda toliblarning bayrog‘ini olib tashlab, respublika bayroqlarini o‘rnatishdi. Jalolobodda «Tolibon» patruli aksiya ishtirokchilariga o‘t ochishi oqibatida kamida uch kishi halok bo‘lib, o‘nlab kishilar yaralandi / Marcus Yam / Los Angeles Times / Vida Press
«Tolibon» ittifoqchisi bo‘lmish «Haqqoniy guruhi» rahbari Xalil al-Rahmon Haqqoniyning korteji. AQSh hukumati uning boshi uchun 5 million dollar miqdorida mukofot e'lon qilgandi. Hozirda esa u Kobul bo‘ylab erkin harakatlanmoqda, 20 avgust kuni uni shahar masjididagi juma namozida ko‘rishgan / Marcus Yam / Los Angeles Times / Getty Images
Panjsherda toliblarga qarshi muxolifat kuchlari. Mamlakat shimoli-sharqidagi Panjsher vodiysi «Tolibon»ga qarshi kuchlar o‘chog‘iga aylangan — Ahmad Shoh Mas'udning o‘g‘li Ahmad Mas'ud va vitse-prezident Amrulla Solih muxolifatga yetakchilik qilmoqda. Ularga toliblarga taslim bo‘lishni istamagan afg‘on armiyasi otryadlari qo‘shilgan. Xabarlarga ko‘ra, mahalliy aholining ko‘magi bilan qarshilik otryadlari «Tolibon»dan vodiyning bir qancha tumanlarini olib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. Ammo ular o‘zlaridan ko‘p marta kuchliroq bo‘lgan raqibga qachongacha qarshilik ko‘rsata olishi hozircha aniq emas.
Ahmad SAHEL ARMAN / AFP / Scanpix / LETA
Eron Qizil yarimoy jamiyati xodimi olgan surat: Afg‘on-Eron chegarasidan o‘tishga urinayotgan qochqinlar. Toliblar diktaturasi o‘rnatilishi xavfi ostida minglab kishilar Afg‘onistonni tark etib, jonini saqlab qolishni istamoqda. Ularning ko‘pchiligi avvalgi hukumat davrida xorijliklar bilan hamkorlik qilgan va «Tolibon»ning qasosidan qo‘rqishmoqda. Ammo qo‘shni davlatlar ham, G‘arb davlatlari ham ularning barchasini qabul qila olishmaydi. Avstraliya afg‘onlarni qabul qilishni istamadi, AQShning so‘rovidan keyin Shimoliy Makedoniya, Albaniya va Kosovo bir necha yuz qochqin qabul qilishga rozilik berdi. Buyuk Britaniya hukumati britan harbiylariga va Afg‘onistondagi boshqa xorijiy tashkilotlarga yordam berganlardan 20 ming kishini ko‘chirish bo‘yicha dastur qabul qildi, ammo bu jarayonga besh yil vaqt ketadi.
Mohammad Javadzadeh / Iranian Red Crescent / AFP / Scanpix / LETA
Eronlik harbiy chegara to‘sig‘i ortida to‘plangan qochqinlarga suv va yegulik uzatmoqda. 19 avgust.
Mohammad Javadzadeh / Iranian Red Crescent / AFP / Scanpix / LETA
Ammo hamma ham Afg‘onistondan qochib ketayotgani yo‘q — mamlakatga qaytib kirishga urinayotganlar ham bor. «Tolibon» avgust boshidayoq mamlakat janubi-sharqiy qismidagi chegara postini egallab olganidan keyin Pokiston hukumati Afg‘oniston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi. Ushbu qarorga norozilik belgisi sifatida «Tolibon» chegara postini yopib qo‘ydi va pokistonliklardan Afg‘oniston fuqaroligiga ega bo‘lganlar yoki Pokistonning qochqin kartochkasi bo‘lganlarni qo‘yib yuborishni talab qildi.
Saeed Ali Achakzai / Reuters / Scanpix / LETA
«Tolibon»ning qurolli jangchilari juma namozi vaqtida — poytaxt egallanganidan keyingi ilk juma. 20 avgust
Hoshang Hashimi / AFP / Scanpix / LETA
«Tolibon» jangchilari Kobuldagi masjidda juma namozida, 20 avgust.
Marcus Yam / Los Angeles Times / Getty Images
Kobul ko‘chalarida toliblar patruli. 19 avgust / Rahmat Gul / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid