Koronavirus va pnevmoniya: Kunlik holatlar soni 1,2 mingdan ortiq, yana 9 bemor vafot etdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 855 kishida koronavirus, 371 kishida pnevmoniya aniqlanib, ikki kasallikdan jami 9 bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.
«2021 yil 21 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 149058 (+855) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 81 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 39 nafari Andijon viloyatida,
- 26 nafari Buxoro viloyatida,
- 48 nafari Jizzax viloyatida,
- 17 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 14 nafari Navoiy viloyatida,
- 36 nafari Namangan viloyatida,
- 94 nafari Samarqand viloyatida,
- 27 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 82 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 78 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 35 nafari Xorazm viloyatida,
- 96 nafari Toshkent viloyatida,
- 182 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 92 nafar,
- Buxoro viloyatida 41 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 22 nafar,
- Samarqand viloyatida 151 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 48 nafar
- Surxondaryo viloyatida 119 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 80 nafar,
- Xorazm viloyatida 31 nafar,
- Toshkent viloyatida 94 nafar,
- Toshkent shahrida 126 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 141745 (+804) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
So‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning 6 nafari vafot etib, pandemiya boshidan buyon O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari sifatida ro‘yxatga olinganlar soni 1021 nafarni tashkil qilmoqda.
SSV ma'lumotiga ko‘ra, 21 avgust kuni 371 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 20764taga yetdi. Kecha ularning 449 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 13378 nafarni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, pnevmoniyaga chalinganlarning 3 nafari vafot etib, shu kungacha ushbu kasallik tufayli qayd etilgan o‘lim holatlari soni 141taga yetdi.
Mavzuga oid
16:38 / 03.12.2023
Xorazmda 20 yoshli talaba pnevmoniyadan vafot etdi
18:55 / 27.11.2023
Xitoyda bolalar pnevmoniyasi bilan bog‘liq vaziyat og‘ir emas – JSST
18:31 / 23.11.2023
Toshkentda O‘RVI tarqalishi kuchaydi. Vazir mas’ullarga shoshilinch topshiriqlar berdi
11:40 / 13.12.2022