AQSh toliblarga aeroportga amerikaliklarni o‘tkazmasa, keskin javob berish bilan tahdid qildi
AQSh “Tolibon” jangarilari Kobul aeroportiga amerikaliklarni o‘tkazmasa, ularga qarshi tez va kuchli javob berish bilan tahdid qildi. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan ma'lum qildi.
Bu orada toliblar aeroportga tartib o‘rnatish uchun maxsus kuchlar batalonini jo‘natdi. Ta'kidlanishicha, toliblardan odamlarni aeroportga qo‘ymaslikni amerikaliklar iltimos qilgan.
“Agar ular fuqarolarimizga mamlakatni tark etishiga yo‘l bermasa yoxud bizning amaliyotlarimiz va evakuatsiya jarayoniga biror yo‘l bilan aralashishga urinsa yoki unga xalaqit qilsa, tez va kuchli javob berishimizdan ogohlantirdik”, deb aytgan AQSh vakili.
Aeroportga toliblar bataloni jo‘natilgani haqida “Al-Jazira” telekanali manbalarga tayanib xabar berdi. Ularning ma'lum qilishicha, batalon a'zolari amerikalik va ularga yordam bergan afg‘onlarni evakuatsiya qilayotgan AQSh va Pokiston samolyotlarida uchib ketish uchun aeroportga kelgan odamlarni tarqatishi kerak. Shuningdek, “aeroportda tartib o‘rnatish uchun u yerdan barcha reyslar bekor qilingani”, aeroport u yerda to‘plangan odamlarni olib chiqib ketish uchun 2 kunga yopilishi ma'lum qilingan. Telekanalning ta'kidlashicha, aynan amerikaliklar toliblardan aeroportga odamlarni qo‘ymaslikni so‘ragan.
“Amerikaliklar odamlarni aeroportga qo‘ymaslikni so‘rab bizga murojaat qilishdi. Biz aeroportdagi fuqarolik reyslari yaqin kunlarda tiklanishini kutmoqdamiz”, deb aytgan “Tolibon” vakili.
Kobul aeroporti faoliyatini ayni vaqtda NATO davlatlarining 800ga yaqin vakili ta'minlamoqda, u yerda tartib saqlanishi ortidan AQSh, Britaniya va Turkiya harbiylari kuzatuv olib bormoqda. Minglab odamlar Afg‘onistondan uchib ketishni istamoqda. Harbiylar aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagidan odamlarni haydash uchun ko‘zni yoshlatuvchi gaz qo‘llamoqda va havoga o‘q uzmoqda.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, aeroportdagi tartibsizliklar vaqtida bir hafta davomida kamida 20 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:22 / 15.11.2024
Amerikalik harbiy xizmatchilar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ortdi
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024