Faol fuqarolar “Mustaqillikning 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlanadi
Mukofotlanadiganlar ro‘yxati hududlar va tizimlar kesimida tuzib chiqilib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Mukofotlar o‘z egalariga Mustaqillik bayrami arafasida topshriladi.

O‘zbekistonni har tomonlama taraqqiy ettirishda namuna bo‘lib kelayotgan fuqarolar “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlanadi.
Prezident farmoniga asosan, mukofotlanadiganlar ro‘yxati davlat organlari va tashkilotlari, jamoat birlashmalari va boshqa respublika idoralari hamda 14ta hudud hokimliklari tomonidan tuziladi. Vazirlar Mahkamasi ro‘yxatni ko‘rib chiqib, tasdiqlaydi.
Farmon bilan Oliy Majlis Senati raisi, Qonunchilik palatasi spikeri, bosh vazir, vazirliklar, idoralar va jamoat birlashmalarining respublika organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari va boshqa mutasaddi rahbarlarga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonlarini Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarda prezident nomidan tantanali vaziyatda topshirish vazifasi yuklatildi.
Mavzuga oid

16:01 / 05.11.2024
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti talabgorlarini tanlash tartibi belgilandi

17:53 / 12.09.2024
Prezident Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchilarini davlat mukofotlari bilan taqdirladi

20:32 / 25.08.2024
Ichki ishlar vaziri, Oliy sud va Bojxona qo‘mitasi raislari mukofotlandi

19:56 / 27.06.2024