Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Izboskan tumanida fuqaroga yer maydoni olib berishni va'da qilgan firibgar ushlandi
U fuqaro ishonchiga kirib, 8 sotix yer maydonini olib berish uchun 15 000 AQSh dollari olayotganda ushlangan.
Fuqaro D.T. fuqaro M.ning ishonchiga kirib, unga tumandagi “Daryobo‘yi” MFY hududidan boshqa bir fuqaroga ishlab chiqarish sexi binosi qurish uchun ajratilgan 8 sotix yer maydoniga turar joy qurish uchun tanishlari orqali kadastr hujjatlarini tayyorlab berishni va'da qilgan. Evaziga 15 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida u ashyoviy dalillar bilan ushlangan (https://t.me/Department_uz/919).
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Paxtaobod tumanida yer sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlangani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
10:44 / 08.05.2025
Telegramʼda akkauntlar sotilishini reklama qilib, fuqarolarning pulini o‘zlashtirib kelgan shaxs ushlandi
17:33 / 21.04.2025
Izboskan tumaniga yangi hokim tayinlandi
18:12 / 31.03.2025