Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar bo‘yicha avgust oyidagi eng quyi ko‘rsatkich qayd etildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda 818 kishida koronavirus, 349 kishida pnevmoniya aniqlanib, ikki kasallikdan jami 11 bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.
«2021 yil 22 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 149876 (+818) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 74 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 39 nafari Andijon viloyatida,
- 25 nafari Buxoro viloyatida,
- 46 nafari Jizzax viloyatida,
- 19 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 16 nafari Navoiy viloyatida,
- 33 nafari Namangan viloyatida,
- 86 nafari Samarqand viloyatida,
- 21 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 74 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 71 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 22 nafari Xorazm viloyatida,
- 94 nafari Toshkent viloyatida,
- 198 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bu O‘zbekistonda 27 iyul kunidan beri (+789) qayd etilgan eng past ko‘rsatkichdir. Bir kun oldin 855ta yangi holat qayd etilgan, bungacha avgust oyidagi eng past ko‘rsatkich 9 avgust kuni ro‘yxatga olingandi (+856).
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 98 nafar,
- Buxoro viloyatida 63 nafar,
- Jizzax viloyatida 63 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 21 nafar,
- Navoiy viloyatida 13 nafar,
- Namangan viloyatida 60 nafar,
- Samarqand viloyatida 148 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 100 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 83 nafar,
- Toshkent viloyatida 109 nafar,
- Toshkent shahrida 129 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 142632 (+887) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
SSV so‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 7 nafari vafot etgani haqida xabar berdi, pandemiya boshidan buyon rasmiy statistika bo‘yicha koronavirus tufayli qayd etilgan o‘lim holatlari soni 1028 nafarni tashkil qilmoqda.
22 avgust kuni 349 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 21113 nafarga yetdi. Kecha ularning 332 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 13710 nafarni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 4 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 145 nafarga yetdi.
Mavzuga oid
16:38 / 03.12.2023
Xorazmda 20 yoshli talaba pnevmoniyadan vafot etdi
18:55 / 27.11.2023
Xitoyda bolalar pnevmoniyasi bilan bog‘liq vaziyat og‘ir emas – JSST
18:31 / 23.11.2023
Toshkentda O‘RVI tarqalishi kuchaydi. Vazir mas’ullarga shoshilinch topshiriqlar berdi
10:13 / 08.02.2022