Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyo mamlakatlari chegaralarida xavfli kasalliklar kirishining oldini olish bo‘yicha xavfsizlik choralari kuchaytiriladi
Markaziy Osiyo mamlakatlari chegaralarida xavfli kasalliklar kirib kelishining oldini olish bo‘yicha xavfsizlik choralari kuchaytiriladi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Toshkent shahrida Xalqaro migratsiya tashkiloti va AQShning Markaziy Osiyoda kasalliklar tarqalishi va profilaktika qilish tashkiloti (CDC) tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlari chegaralarida xavfli kasalliklar kirib kelishining oldini olish bo‘yicha ishchi guruhining ikkinchi amaliy uchrashuvi o‘tkazildi.
Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari, Davlat bojxona qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Davlat sanitariya va epidemiologiya markazi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mas'ul xodimlari ishtirok etgan tadbirda mamlakatning 6ta chegara o‘tkazish punktlarida xorijdan kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar, xavfsiz va tartibli profillashtirish jarayonlarini baholash yuzasidan 3ta ishchi guruh va baholashni o‘tkazish kunlari tasdiqlab olindi.
Ma'lum qilinishicha, uchrashuv doirasida loyihaning umumiy qiymati va budjet me'yoridan kelib chiqib, chegara o‘tkazish punktlarida xavfli va yuqumli kasalliklarni aniqlash, tezkor amaliy ishlarni amalga oshirish bo‘yicha xaridlar hamda AQShning Markaziy Osiyoda kasalliklar tarqalishi va profilaktika qilish tashkiloti tomonidan amalga oshirilishi yuzasidan “xarid ro‘yxati” o‘rganib chiqildi.
Mavzuga oid
10:55 / 06.05.2025
Chegarada ushlab qolingan madaniy boyliklar summasi ma’lum qilindi
16:52 / 29.04.2025
Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegarani tikanli simlar bilan to‘sishni boshladi
18:28 / 08.04.2025
Janubiy Koreya chegarani kesib o‘tgan KXDR askarlariga qarata ogohlantiruvchi o‘t ochdi
16:31 / 08.04.2025