Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uyida obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarini ishlatgan Qo‘rg‘ontepa prokurori lavozimidan ozod etildi
Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani prokurori Sardor Rajabboyev Andijon tumanidagi uchastkasida tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarini ishlatgani haqidagi xabarlar ortidan lavozimdan olindi.
O‘zbekiston bosh prokurori matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasida Qo‘rg‘ontepa tumani prokurori Sardor Rajabboyev intizomiy jazo tariqasida o‘z lavozimidan ozod qilingan.
O‘z uyida obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarini ishlatgan qonun himoyachisi Bosh prokurorning 23 avgustdagi buyrug‘i asosida lavozimdan olingan.
Avvalroq Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani prokurori Sardor Rajabboyev Andijon tumanida joylashgan uchastkasida tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarini bahordan kuzgacha ishga jalb qilib kelgani ma'lum bo‘lgandi.
Shuningdek, fuqarolar tuman prokurorining harakatlaridan norozi bo‘lib, Andijon viloyat prokuraturasiga murojaat qilishgan. Viloyat prokuraturasi esa ishchilarning uch nafari tuman prokurorining uyida ixtiyoriy ravishda obodonlashtirish ishlarini olib borishgani, ularni hech kim majburiy mehnatga jalb qilmagani haqida aytgandi.
Mavzuga oid
15:52 / 16.05.2025
Andijonda 7 yoshli bola chuqurligi 40 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketdi
20:07 / 18.03.2025
Paxtachida TTB boshlig‘i xodimlarini ovoz yig‘ishga majburlayapti. U 200 ta monoblok va 50 ta printerni nima qilmoqchi?
13:31 / 18.03.2025
«Tashabbusli budjet»da majburiy ovoz to‘plangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi
11:20 / 14.03.2025