Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 sentyabrdan maktablarni rag‘batlantirish maqsadida Prezident sovrini ta'sis etiladi
2021 yil 1 sentyabrdan xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablarni rag‘batlantirish maqsadida Prezident sovrini ta'sis etiladi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, bunda sovrin uchun musobaqalar umumta'lim maktablari o‘rtasida quyidagi uch bosqichda tashkil etilgan holda:
- birinchi bosqich – tuman va shaharlarda o‘tkazilib, g‘oliblar 100 mln so‘mgacha;
- ikkinchi bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazilib, g‘oliblar 250 mln so‘mgacha;
- uchinchi bosqich – respublika miqyosida o‘tkazilib, g‘oliblar 500 mln so‘mgacha pul mablag‘lari bilan mukofotlanadi.
“O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qaroriga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan tumanlar (shaharlar)da umumiy o‘rta ta'lim muassasalari negizida xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 207ta maktab tashkil etiladi.
Qishloqlarda xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha bir martalik subsidiya ajratish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?
18:06 / 19.02.2025
Noma’lum shaxs Toshkentdagi 71-maktabda «qirg‘in» uyushtirish bilan tahdid qildi
15:15 / 14.02.2025
Har bir tuman va shaharda kamida bittadan inklyuziv maktab tashkil etiladi
14:01 / 13.02.2025