Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada afg‘onistonlik qochqin toliblar bilan aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olindi
Fransiya ichki ishlar vaziri Jyerald Darmanenning aytishicha, u tark etmasligi lozim bo‘lgan hudud tashqarisiga chiqqani uchun qo‘lga olingan.
Fransiyada Kobul aeroportidan evakuatsiya qilingan afg‘onistonlik qochqin “Tolibon” harakati bilan aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda Fransiya hukumati vakili Gabriel Attal ma'lum qildi.
OAVning ma'lumot berishicha, qo‘lga olingan shaxs “Tolibon” bilan hamkorlik qilishda gumonlangan boshqa bir shaxs bilan yaqin aloqada bo‘lgan. Ular kuzatuv ostiga olingan hamda nazoratda bo‘lish shartini buzgani uchun qichqinlardan biri ushlangan.
Fransiya ichki ishlar vaziri Jyerald Darmanenning aytishicha, u tark etmasligi lozim bo‘lgan hudud tashqarisiga chiqqani uchun qo‘lga olingan.
Attalning so‘zlariga ko‘ra, asosiy gumonlanuvchi Afg‘onistondan fransuzlarni evakuatsiya qilishda “o‘ta qiyin onlarda yordam bergan, odamlar hayotini qutqargan. Ammo u toliblar bilan ham aloqada bo‘lgan va buni aniqlash zarur”.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025