Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Murat Kamalov Qoraqalpog‘istonning 17 ta shahar va tumanidagi tadbirkorlar bilan muloqot qildi
Kecha, 23 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Murat Kamalov va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov boshchiligida qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazilgan. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, uchrashuvda Qoraqalpog‘istonning 17 ta shahar va tumanidagi tadbirkorlarning taklif, murojaat va muammolari tinglangan. Muammo va murojaatlar nimadan iborat bo‘lganligiga aniqlik kiritilmagan. Shuningdek, qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlar Jo‘qorg‘i Kengesi Raisiga qanday taklif bildirgani ham noma'lum.

Online tarzdagi muloqotni Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov olib borgan. Uchrashuvda tadbirkorlarning muammolarini hal etishga qaratilgan 7 ta muhim yo‘nalish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan.
Mavzuga oid
16:13 / 23.03.2025
Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasining baki portlab ketdi. Jarohat olganlar bor
20:06 / 19.03.2025
Prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuvi. Biznes uchun qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
15:34 / 28.02.2025
O‘zbekistonda fanga noma’lum 2 qo‘ng‘iz turi kashf qilindi
22:01 / 25.01.2025