Olimlar koronavirusning barcha shtammlaridan himoyalovchi antitanachani aniqlashdi
Vashington universiteti tibbiyot maktabi olimlari koronavirusga qarshi 43ta antitanachani o‘rganib chiqishdi va ulardan biri virusning barcha ma'lum mutatsiyalarini bartaraf eta olishini aniqlashdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, SARS2-38 antitanachasi koronavirusning “alfa”, “beta”, “gamma”, “delta”, “kappa”, “yota” shtammlari va boshqa kam tarqalgan mutatsiyalari bilan kurasha oladi. Antitanachaning bu xususiyati u virusning turli shtammlarida o‘zgarishsiz qoluvchi spayk oqsiliga birika olishi bilan tushuntiriladi.
“Bu antitanacha bir vaqtning o‘zida ham yuqori bartaraf etuvchi xususiyatga (bu uning kam miqdorda ham yaxshi himoyalashini anglatadi), ham keng himoya ta'siriga (bu uning barcha shtammlarga qarshi ishlashini anglatadi) ega”, deb aytgan tadqiqot mualliflaridan biri, tibbiyot fanlari doktori Maykl Daymond.
Olimlar koronavirusning ko‘plab shtammlari dastlabki shtamm asosida ishlab chiqilgan dori vositalariga qarshi bardoshli ekanidan ogohlantirishmoqda. Ularning ta'kidlashicha, shu sababli immunitetni qo‘llab-quvvatlovchi samarali neytrallovchi antitanachalar zarur.
Mavzuga oid
12:39 / 21.10.2024
Ruandada Marburg virusiga qarshi dunyodagi ilk dori sinovi boshlandi
22:06 / 01.12.2021
Koronavirusning barcha ma'lum shtammlarini ta'sirsiz qiluvchi antitanacha aniqlandi
09:30 / 09.09.2021
Shimoliy Makedoniyada COVID-shifoxonada chiqqan yong‘inda 10 kishi halok bo‘ldi
15:05 / 06.09.2021