Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahar va tuman markazlarida kamida 2tadan «yashil maydon» va jamoat parklari tashkil etiladi - prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Davlat rahbari har bir hududning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, ushbu hudud uchun mos bo‘lgan daraxt ko‘chatlarini ko‘paytirishi zarurligini ta'kidladi.
Misol uchun, Andijon, Paxtaobod va Marhamat tumanlarida 30dan ziyod pavlovniya yetishtiruvchi xo‘jaliklar tashkil etilgan va hozirda ular 5 million dona ko‘chat ekishga tayyor.
Bunday xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun hamda aholini sifatli ko‘chatlar bilan ta'minlash maqsadida har bir hududda «Yashil zamin» jamg‘armalari tashkil etiladi.
Viloyat hokimlariga oktabr-noyabr oylarida «Yashil zamin» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kamida 5 million tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini aholiga bepul tarqatish topshirig‘i berildi.
«Respublikadagi 300ga yaqin istirohat bog‘i turli vazirlik va idoralarga qarashli bo‘lib, ularning aksariyati qarovsiz, desak bu ham haqiqat.
Har bir shahar va tuman markazida kamida 2tadan «yashil maydon» va jamoat parklari tashkil etiladi», deya davlat rahbari so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Viloyat hokimlariga yil yakuniga qadar istirohat bog‘larida aholi uchun «sokin hudud»larni tashkil etish topshirildi. Bunda mazkur bog‘larning kamida 60–70 foizi «yashil hudud» bo‘lishi kerak va ushbu hududlarda bino-inshootlar qurilishiga ruxsat berilmaydi.
Toshkent shahrining har bir tumanida 1tadan sayilgoh (jami – 12 ta), «yashil maydon» va alleya (jami – 25 kilometr), ko‘p qavatli uylar joylashgan mahallalarning har birida «yashil maydon»lar tashkil etish lozim.
Mavzuga oid
12:30 / 27.05.2025
Mebel mahsulotlari xomashyosi uchun boj stavkasi 1 foiz etib belgilanadi
12:26 / 26.05.2025
Birjaga chiqariladigan oltin hajmi oshiriladi
12:18 / 26.05.2025
Yakka tadbirkorlarga tilla buyumlari bilan savdo qilishga ruxsat beriladi
11:46 / 26.05.2025