Toliblar tinch aholini ommaviy qatl qilmoqda – BMT
BMTning inson huquqlari bo‘yicha mustaqil ekspertlari hisobotida aytilishicha, «Tolibon» uyma-uy yurib tintuvlar o‘tkazayotgani sababli ko‘plab odamlar yashirinishga majbur bo‘lyapti».
BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bachelet Afg‘onistonda toliblar inson huquqlarini buzayotgani, jumladan, tinch aholini ommaviy qatl qilayotgani to‘g‘risida ma'lumotlar kelib tushayotganini aytdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, toliblar bolalarni jangovar harakatlarda qatnashishga chaqirmoqda, ayollar huquqlarini cheklamoqda va namoyishlarni bostirmoqda.
Bachelet BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashini Afg‘onistondagi vaziyat va «Tolibon» bergan va'dalarning bajarilishini monitoring qilish mexanizmini ishlab chiqishga chaqirdi.
«Tolibon» vakillari ayollarning ishlash va qizlarning maktabda o‘qish huquqlarini shariat qonunlari asosida hurmat qilish majburiyatini olgandi. Ular shuningdek, etnik va diniy ozchilikning huquqlarini hurmat qilish va hukumat yoki xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilganlarni qatag‘on qilmasliklarini bildirgandi», — deb ta'kidladi BMT oliy komissari.
BMTning inson huquqlari bo‘yicha mustaqil ekspertlari hisobotida aytilishicha, «Tolibon» uyma-uy yurib tintuvlar o‘tkazayotgani sababli ko‘plab odamlar yashirinishga majbur bo‘lyapti».
«Tintuvlar, hibsga olishlar, ta'qiblar, qo‘rqitishlar hamda mulkni musodara qilish va qatag‘onlar to‘g‘risida xabarlar kelmoqda», — degan ekspertlar.
Mavzuga oid
17:11 / 15.11.2024
Ilon Mask Eronning BMTdagi elchisi bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
17:00 / 05.11.2024