Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon» qator vazirliklarga rahbarlar tayinladi
Avvalroq Foreign Policy nashri o‘z manbalariga tayanib «Tolibon» harakati yetakchilari Afg‘onistonni boshqarish uchun 12 kishidan iborat kengash tuzmoqchi ekanligini yozgandi.
«Tolibon» harakati qator vazirlik va idoralarga vaqtinchalik rahbarlarni tayinladi. Bu haqda Pajhwok agentligi xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, Sadr Ibrohim ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi, Gul Og‘a moliya vaziri vazifasini bajaruvchi, Najibulla razvedka xizmati boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Bundan tashqari, harakat ta'lim vaziri, oliy ta'lim vaziri va Kobul gubernatori lavozimlariga ham tayinlovlarni amalga oshirgan.
Avvalroq Foreign Policy nashri o‘z manbalariga tayanib «Tolibon» harakati yetakchilari Afg‘onistonni boshqarish uchun 12 kishidan iborat kengash tuzmoqchi ekanligini yozgandi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, avvalgi ma'muriyatning ba'zi a'zolariga ham vazirliklarni boshqarish taklif qilinadi.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025