Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiyada bir fuqaro koronavirusga qarshi 7 marta emlandi
Kolumbiyaning Kali shahrida yashovchi erkak koronavirusga qarshi 7 marta emlandi. Mahalliy idoralar ushbu holat yuzasidan surishtiruv boshlashdi, deb xabar berdi Noticias Caracol telekanali.
Kali sog‘liqni saqlash vaziri Miyerlandi Torresning ta'kidlashicha, keragidan ortiq emlangan shaxs 60 yoshli erkak bo‘lib, u ruhiy muammolarga ega bo‘lishi mumkin.
Erkak turli kompaniyalar, jumladan Sinovac, AztraZeneca, Pfizer va Janssen vaksinalari bilan emlangan. E'tiborlisi, bunday ko‘p miqdordagi vaksina erkakda nojo‘ya ta'sirlar keltirib chiqarmagan.
Shahar ma'muriyati kelgusida bunday holatlar oldini olish uchun odamlar emlanishga rozi ekanliklarini tasdiqlovchi elektron blank ishlab chiqdi. Blankni emlanishdan oldin printerdan chiqarib, emlash punktiga olib kelish kerak. U yerda blank imzolanadi. Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash idoralari shunga o‘xshash hodisalarni aniqlash bo‘yicha taftish o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga qarshi 5 mlrddan ko‘proq vaksina odamlarga kiritildi. Yaman, Kongo, Chad va Haitida aholini emlash darajasi eng past, Maltada esa eng yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
00:35 / 07.05.2025
Kolumbiyada 6 ta maymunni bojxonadan ishtonlariga yashirib olib o‘tishga uringan shaxslar ushlandi
22:36 / 24.04.2025
Kokainni qonuniylashtirishga chaqirgan Kolumbiya prezidenti giyohvand moddalarga qaramlikda ayblandi
00:05 / 18.04.2025
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
18:07 / 19.03.2025