Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uy sotib olish uchun boshlang‘ich badal kvartira qiymatining kamida 15 foizi etib belgilandi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Uy-joy olish yoki yakka tartibdagi uy-joylar uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi bo‘yicha 2020 yildagi subsidiyalar to‘lashning maqsadli mo‘ljallari doirasida subsidiyalarni to‘lash muddati 2021 yil 1 dekabrgacha uzaytirildi. Ilgari 2021 yil 1 iyulgacha edi.
Bu tartib doirasida uy-joylarni sotib olish uchun boshlang‘ich badal kvartira qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdor etib belgilandi. Ilgari shaharlarda kamida 20, qishloqlarda kamida 10 foiz edi.
Tartibga ko‘ra, daromadi yuqori bo‘lmagan oila sifatida qishloqlarda daromadi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3,0 baravaridan 6,9 baravarigacha, shaharlarda esa 3,0 baravaridan 8,0 baravarigacha etib belgilandi. Ilgari tegishlicha 3,8 dan 5,8 baravarigacha hamda 4,0 dan 6,5 baravarigacha edi.
Mavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
09:50 / 17.05.2025
Usta dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi
15:58 / 12.05.2025
Mahalliy reyslar uchun subsidiya barcha rezident aviakompaniyalarga to‘lanadi
11:15 / 12.05.2025