Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy JSSTdan koronavirusning AQShdagi laboratoriyalarda paydo bo‘lganini o‘rganishni so‘radi
Qayd etilishicha, Shimoliy Karolina universiteti olimlari 2003 yilda Fort-Detrik mutaxassislari bilan birgalikda koronaviruslarning imkoniyatlari to‘g‘risidagi tadqiqotni e'lon qilgan.
Xitoy JSSTdan koronavirusning AQShdagi laboratoriyadan tarqalishi ehtimolini o‘rganishni so‘radi, deb xabar berdi Global Times gazetasi.
Qayd etilishicha, Xitoyning BMTdagi doimiy vakili Chjen Syuy JSSTga bu borada tegishli maktub jo‘natgan.
Xabarda aytilishicha, gap Fort-Detrikdagi harbiy baza va Shimoliy Karolina universiteti laboratoriyalari haqida bormoqda.
Chjen Syuyning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning Uhandagi virusologiya institutidan tarqalgani ehtimoli juda kam.
«Ammo agar ayrimlar bu versiya ochiq qolmoqda deb hisoblasa, u holda Fort Detrik va UNC laboratoriyalari shaffof tekshiruv obektiga aylanishi lozim», — deyiladi maktubda.
Merilend shtatidagi Fort-Detrik bazasi AQSh harbiylarining biologik tadqiqotlar markazi hisoblanadi. Bu yerda yuqumli kasalliklar, masalan, Ebola o‘rganilgan.
Qayd etilishicha, Shimoliy Karolina universiteti olimlari 2003 yilda Fort-Detrik mutaxassislari bilan birgalikda koronaviruslarning sintez va modifikatsiya imkoniyatlari ko‘rsatilgan tadqiqotni e'lon qilgan.
Xitoy bu laboratoriyalarda shaffof tekshiruvlar o‘tkazilishini so‘ragan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025