Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Sultonov: Navoiyda qurilayotgan yangi quyosh fotoelektr stansiyasi 31 ming xonadonni elektr energiyasi bilan ta'minlaydi
Bugun, 27 avgust kuni davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga tashrifi kutilmoqda.
Prezident tashrif doirasida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi barpo etilgan “Nur Navoiy Solar” xorijiy korxonasi bilan tanishadi va uning faoliyati boshlanganini anglatuvchi ramziy dastakni ishga tushiradi.
Kun.uz muxbiri tadbir oldidan ushbu obektda energetika vaziri Alisher Sultonov hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisi Ulug‘bek Mustafoyev bilan suhbatlashdi.
Alisher Sultonovning qayd etishicha, Karmana tumanida barpo etilayotgan mazkur quyosh fotoelektr stansiyasi 268 gektar maydonni egallagan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 110 mln dollarni tashkil etadi. Yangi quyosh fotoelektr stansiyasining ishga tushirilishi natijasida o‘rtacha 31 ming xonadon elektr energiyasi bilan ta'minlanadi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisi Ulug‘bek Mustafoyevning ma'lum qilishicha, ushbu loyihaning bosh pudratchisi Xitoyning “Sepko III” kompaniyasi hisoblanadi.
Stansiya yiliga 260 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Elektr energiyasini sotish tarifi — 2,679 sent, gaz tejamkorligi — 78,7 mln kub metr.
Bugungi kunga qadar elektr stansiyaga barcha uskuna va materiallar keltirilib, quyosh panellari o‘rnatilgan.
Asosiy transformator, boshqaruv va xo‘jalik binolari, suv va kanalizatsiya majmualari, ochiq taqsimlash uskunalari montaj qilingan, 19 dona transformatorlar o‘rnatilib, sinov ishlari yakunlandi.
Joriy yil 22 avgust kuni stansiyaning ilk generatsiya quvvati respublika yagona elektr energetika tizimiga ulangan.
Mavzuga oid
19:30 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida kelib chiqqan yong‘in to‘liq o‘chirildi
13:48 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida avariya ro‘y berdi
15:48 / 08.02.2025
Prezident Ai-80dan voz kechish va aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi
20:09 / 03.02.2025