Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT 2021 yilda yana 500 ming afg‘on qochqini paydo bo‘lishi mumkinligini aytdi
BMT Afg‘onistondagi nobarqaror vaziyat sababli joriy yilda yana 500 ming nafar afg‘on qochqini paydo bo‘lishini prognoz qilmoqda. Bu haqda BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari o‘rinbosari Kelli Klemens ma'lum qildi.
Foto: Reuters
“Biz eng yomon ssenariyda mintaqada yana 500 ming yangi afg‘on qochqini bo‘lishiga tayyorlanmoqdamiz”, – deb aytgan Klemens.
Avvalroq “Tolibon” Afg‘onistondagi xorijiy qo‘shinlar 31 avgustgacha olib chiqilishi kerakligini aytgan. Ayni vaqtda Germaniya, Niderlandiya, Belgiya, Daniya, Polsha va Vengriya Afg‘onistondan o‘z fuqarolarini olib chiqishni yakunladi.
“Ayni vaqtda afg‘onlar mamlakatni ko‘p sonda tark etmayaptilar. Biroq ushbu mamlakatdagi vaziyat kutilganidan jadalroq avj olmoqda”, – deb ta'kidlab o‘tdi BMT vakili.
Shu sababli u Afg‘onistonga qo‘shni barcha davlatlarni himoyaga muhtoj afg‘onlar uchun o‘z chegaralarini ochiq qoldirishga chaqirgan.
Mavzuga oid
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025