Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident: «5 yilda 6,5 mlrd dollarlik 11 500 mVt yangi quvvatlar ishga tushiriladi»
O‘zbekistonda kelgusi 5 yilda qiymati 6,5 milliard dollar bo‘lgan 19ta loyiha hisobidan, qo‘shimcha ravishda 11 ming 500 megaVatt yangi quvvatlar ishga tushiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda 2030 yilga borib, elektr energiyasi ishlab chiqarish tarkibida qayta tiklanuvchi manbalar ulushi 30 foizdan ortadi.
“Elektr energiyasini hududlarga yetkazish uchun 500 va 220 kilovoltli 3 ming kilometr yangi elektr tarmoqlari barpo etiladi.
Bugungi kunda past kuchlanishli tarmoqlarning 66 foizi, podstansiyalarning 74 foizi va transformator punktlarining 50 foizdan ko‘prog‘i eskirgan. Bu esa, tabiiyki, sohada katta muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shuning uchun kelgusi besh yilda jami 70 ming kilometr past kuchlanishli elektr tarmoqlari, 22 ming dona transformator va 100 dan ortiq podstansiyalar to‘liq yangilanadi.
Keyingi paytda qo‘shni mamlakatlar bilan yagona energetika zanjirini tashkil etish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirishga alohida e'tibor qaratmoqdamiz. Shu maqsadda, elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi. Eng muhimi, mintaqamiz mamlakatlari energiya tizimini o‘zaro bog‘laydigan qo‘shimcha magistral tarmoqlarni ishga tushiramiz”, dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
23:55 / 08.04.2025
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi
14:32 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
19:11 / 31.03.2025