Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 17 kunlik chaqalog‘ini 4 ming dollarga sotayotgan qashqadaryolik ayol qo‘lga olindi
Samarqand viloyati Samarqand tumanida 17 kunlik chaqalog‘ini 4000 AQSh dollariga sotayotgan qashqadaryolik ayol qo‘lga olingan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 24 avgust kuni Samarqand viloyati IIB hamda DXX boshqarmalari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tezkor tadbirda 1987 yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan va hozirda Samarqand tumanida vaqtincha yashayotgan fuqaro D.B.(ayol) o‘zining 17 kunlik qiz farzandini 4000 dollarga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan. Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan D.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135 moddasi (Odam savdosi) 3-qismi «a» bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:33 / 11.03.2025
Samarqand viloyatida uchta tarixiy masjid buzib tashlandi
17:22 / 17.10.2024
Samarqandda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan “metan zapravka” aniqlandi
20:32 / 12.07.2024
Samarqandda Matiz mashinasi yonib ketdi
22:16 / 20.12.2023