O‘zbekiston | 18:06 / 27.08.2021
2971
1 daqiqa o‘qiladi

Senat sudyalikka tayinlovlar shaffofligini ta'minlashga qaratilgan qonunni ma'qulladi

Senatning 18-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.

Foto: Depositphotos

Sud tizimini liberallashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning mustaqilligini ta'minlashga qaratilgan mazkur qonunda quyidagi asosiy o‘zgartish va qo‘shimchalar nazarda tutilmoqda:

bo‘sh sudyalik lavozimlariga nomzodlarning tanlov jarayonlarini Internet jahon axborot tarmog‘i orqali yoritib borish;

sudya faoliyatining samaradorligini elektron reyting orqali ochiq va shaffof baholashni ta'minlaydigan aniq mezonlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;

sudyalar oliy kengashi raisining o‘rinbosari vakolatlarini kengaytirish.

Ma'lumot uchun, prezidentning 2020 yil 7 dekabrdagi PF-6127-son farmonida ham sud tizimida korrupsiya holatlarining oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash borasidagi vazifalar belgilab berilgandi.

Аббос Салайдинов
Tayyorlagan Аббос Салайдинов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid