Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
30 avgust kuni O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining navbatdagi partiyasi keltiriladi
Joriy yilning 30 avgust kuni O‘zbekistonga “Sputnik V” vaksinasining navbatdagi partiyasi olib kelinadi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Vaksinalar va immunoprofilaktika bo‘limi boshlig‘i Dilorom Tursunova xabar berdi.
Mutaxassis vaksina dozalari orasidagi muddat uzayishi uning samaradorligiga ta'sir qilmasligini aytdi.
“Sputnik V” vaksinasining navbatdagi partiyasini keltirish bo‘yicha biroz kechikish kuzatilmoqda. Aytishim mumkinki, 30 avgust kuni mamlakatimizga “Sputnik V” vaksinasi keltiriladi. Bunday savol bilan ko‘plab fuqarolar murojaat qilmoqda. Ushbu vaksinaning 1- va 2-dozalari o‘rtasida 21 kun oralig‘i belgilangan. Endilikda, 1- va 2-dozalari o‘rtasidagi oraliq uzoq muddatga cho‘zilgani sababli vaksinaning amal qilish muddati tugadi yoki boshqatdan olish kerak, degan gaplar aholi orasida ko‘paydi.
Vaksina bilan emlanish oralig‘i kamida 21 kun deb belgilangan bo‘lsa, 12 haftagacha uzaytirilishi ham ziyon keltirmaydi. Vaksina olib kelinganidan so‘ng, 1-komponent bilan emlangan barcha fuqarolarga 2-komponenti ham qilinadi”, degan SES bo‘lim boshlig‘i.
Kun.uz muxbirining aniqlashicha, vaksinaning navbatdagi partiyasi qancha dozada keltirilishi aniq emas.
Avgust oyining boshida O‘zbekistonda “Sputnik V” vaksinasining ikkinchi komponenti qolmagan, bu holat ushbu vaksinaning birinchi komponenti bilan emlanganlarda qator savol va xavotirlarni paydo qilgan edi.
Mavzuga oid
13:30 / 20.12.2021
Tadqiqot: «Sputnik V» omikronni umuman neytrallashtira olmaydi
22:25 / 05.12.2021
Saudiya Arabistoniga “Sputnik V” bilan emlanganlar kirishiga ruxsat beriladi
17:32 / 28.10.2021
Rossiyada koronavirusga qarshi burun orqali olinadigan vaksinalar ishlab chiqilmoqda
02:19 / 03.10.2021