O‘zbekiston | 16:13 / 28.08.2021
17309
2 daqiqa o‘qiladi

Diniy soha vakillaridan 300 nafarga yaqini “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” nishoni bilan taqdirlandi

Bugun, 28 avgust kuni O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasida bir guruh taniqli diniy ulamolar, islomshunos olimlar, tajribali imom-xatiblar hamda faol otinoyilar va diniy soha xodimlarini “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, diniy-ma'rifiy sohada mehnat qilayotgan taniqli diniy ulamolar Mubashshir Ahmad, marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining farzandlari Ismoil Muhammad Sodiq va Odinaxon Muhammad Yusuf, Salohiddin domla Sharipov, Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li, Jahongir qori Ne'matov, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov, namanganlik ulamo Umarxon domla, Muhammad Ayyubxon Homidov, Shayx Alijon qori Haydarov, Rahmatulloh Termiziy, Rahmatulloh qori Obidov, “Vaqf” fondi rahbari Yahyoxon qori Abdurahmonov va boshqa bir qator soha vakillari taqdirlandi.

Marhum muftiy Usmonxon Alimovga atalgan mukofot o‘g‘li Ahmadxon qoriga topshirildi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Islom tsvilizatsiya markazi vakillari, respublika bo‘yicha ko‘plab imom-xatiblar, otin-oyilar va boshqa diniy konfessiya vakillari – jami 300 ga yaqin diniy soha xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Mavzuga oid