Jahon | 22:09 / 28.08.2021
24088
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon Afg‘onistonda IShIDning ikki rahbari yo‘q qilinganini bildirdi, toliblar buni mamlakatga hujum deb baholadi

“AQSh aviazarba berishdan oldin bizni ogohlantirishi kerak edi. Bu Afg‘oniston hududiga qilingan hujum. Ikki kishi halok bo‘ldi, ikki ayol va bir bola yaralandi”, – degan harakat vakili Zabihulla Mujohid.

Foto: AP

 AQSh harbiylari bergan aviazarba natijasida Afg‘onistonda IShIDning ikki rahbari yo‘q qilindi. Bu haqda Pentagon vakili general-mayor Uilyam Teylor ma'lum qildi.

“IShIDning yuqori martabali ikki vakili o‘ldirilganini, yana bir nafari yaralanganini tasdiqlayman. Fuqarolar orasida qurbonlar bo‘lmagan”, – dedi u.

Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi ularning Kobul aeroportida sodir etilgan teraktga aloqasi bor-yo‘qligi haqida ma'lumot bermadi.

O‘z navbatida “Tolibon” AQShning aviazarbalarini qoraladi va buni Afg‘oniston hududiga hujum deb hisoblashini bildirdi. 

“AQSh aviazarba berishdan oldin bizni ogohlantirishi kerak edi. Bu Afg‘oniston hududiga qilingan hujum. Ikki kishi halok bo‘ldi, ikki ayol va bir bola yaralandi”, – degan harakat vakili Zabihulla Mujohid Reyter agentligiga.

Mavzuga oid