Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda yashovchi shaxs namanganlik haydovchining 18,4 million so‘m pulini o‘zlashtirib yubordi
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi shaxs namanganlik haydovchiga berishi lozim bo‘lgan 18,4 million so‘m yo‘lkira pulini o‘zlashtirib yuborgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Kitob tumani «Sharq yulduzi» MFYda yashovchi M.M. o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida Telegram ijtimoiy tarmog‘ida haydovchilar uchun maxsus kanal ochgan va unga viloyatlararo qatnovchi haydovchilarni a'zo qilgan.
Haydovchilar orasida Namangan viloyati Uchko‘prik tumanida yashovchi B.Sh. bilan tanishib, uning turli viloyatlarga yuk tashish bilan shug‘ullanishidan foydalanishni ko‘zlagan. Unga Kitob tumanidagi qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonasidan mahsulotlar olib, Namangan viloyatiga olib borib, sotib puli va yo‘l haqini berishini aytgan.
Qayd etilishicha, M.M. haydovchi B.Sh.ning ishonchini qozonib, 18 million 400 ming so‘m pulini qo‘lga kiritib, o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Ta'kidlanishicha, 2021 yil 24 avgust kuni Namangan viloyatida yashovchi haydovchi Kitob tuman IIBga M.M. pullarini o‘zlashtirib ketganini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab murojaat qilgan. Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 24 avgust kuni Kitob tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
08:34 / 17.05.2025
Toshkentda 96 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi aniqlandi
18:39 / 16.05.2025