O‘zbekiston | 13:49 / 29.08.2021
15329
1 daqiqa o‘qiladi

Haydovchilik guvohnomalarini davlat xizmatlari markazlari orqali olish mumkin

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy va Sergeli tumanlaridagi Davlat xizmatlari markazlari orqali milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtirish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda DXA Toshkent shahar boshqarmasi ma'lum qildi.

Endilikda fuqarolar Davlat xizmatlari markazlariga haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish uchun dam olish kunlari (shanba va yakshanba) soat 9:00 dan 15:00 gacha murojaat qilishlari mumkin. 

Hozirda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Uchtepa, Shayxontohur, Olmazor, Yunusobod, Chilonzor, Yashnobod, Yakkasaroy hamda Sergeli tumanlaridagi davlat xizmatlari markazlari orqali eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtirish mumkin.

Hukumat qaroriga ko‘ra, avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar 2022 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Mavzuga oid