O‘zbekiston | 10:11 / 29.08.2021
18265
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Kunlik kasallanish holatlari tuzalish holatlaridan yuqoriligicha qolmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 811 kishida koronavirus, 322 kishida pnevmoniya aniqlanib, ikki kasallikdan jami  9 bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 28 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 154844 (+811) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 79 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 32 nafari Andijon viloyatida,
  • 19 nafari Buxoro viloyatida,
  • 23 nafari Jizzax viloyatida,
  • 19 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 16 nafari Navoiy viloyatida,
  • 25 nafari Namangan viloyatida,
  • 76 nafari Samarqand viloyatida,
  • 22 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 30 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 84 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 29 nafari Xorazm viloyatida,
  • 118 nafari Toshkent viloyatida,
  • 239 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 85 nafar
  • Buxoro viloyatida 28 nafar,
  • Jizzax viloyatida 23 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 25 nafar,
  • Navoiy viloyatida 19 nafar,
  • Namangan viloyatida 40 nafar
  • Samarqand viloyatida 92 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 23 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 78 nafar,
  • Xorazm viloyatida 34 nafar,
  • Toshkent viloyatida 107 nafar,
  • Toshkent shahrida 139 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 147243 (+693) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

So‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning 6 nafari vafot etib, O‘zbekistonda pandemiya boshidan buyon rasmiy statistika bo‘yicha ushbu kasallikdan vafot etganlarning soni 1070 nafarni tashkil qildi.

28 avgust kuni 322 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 23161 nafarga yetdi. Kecha ularning 329 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 15697 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 166 nafarga yetdi.

Mavzuga oid