Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bu insonning butun umri mehnatda o‘tdi» – prezident adabiyotshunos Ibrohim G‘afurov haqida
Ayni paytda Toshkent shahridagi Ko‘ksaroy qarorgohida yuksak davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan vatandoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, prezident Shavkat Mirziyoyev bir guruh adiblar haqida gapirib o‘tdi.
«Men “Boburnoma”ni ko‘p-ko‘p o‘qishga, Boburning hayot yo‘lini o‘rganishga harakat qilaman. Bilasizlarmi, Boburda umuman halovat bo‘lmagan. Uning hayot yo‘li mashaqqatlar va kurashlarda o‘tgan, faqat mehnat qilgan. Ibrohim akaning (O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov - tah.) ham hayotida halovati bo‘lmagan, umri mehnatda o‘tgan. Hozirga adabiyot sohasidagi barcha yozuvchi va shoirlarimiz bu insonni ustoz deydi. Bu insonga halollik va poklik bo‘yicha munosib bo‘lishga harakat qiladi.
Ochiq gap, men Erkin Vohidov va Abdulla Oripov bilan do‘st edim. Abdulla Oripov bilan Zomin maktabini tashkil qilgan edik. Erkin Vohidov bilan esa kechalari ham gaplashardik. Erkin akaning bir gaplari bo‘lar edi: agar o‘zbek tilining buyukligini bilishni xohlasang, Ibrohimjondan so‘rash kerak, derdi. Sevib gapirardilar. Ibrohim aka adabiyotimizning ana shunday zabardast namoyandasi.
Ibrohim akaga o‘xshagan halol insonlar bizga o‘rnak bo‘lishi kerak. Hayotda, mehnatda, umrda. Bitta stol, ruchka va bitta xona. Boshqa biror narsani bu inson o‘zi uchun ep ko‘rmagan. Mana shunday inson albatta O‘zbekiston Qahramoni bo‘lishga loyiq.
So‘nggi yillarda yozuvchilar va shoirlarni qo‘limizdan kelganicha qo‘llab-quvvatlayapmiz. Ularning o‘z binosi ham yo‘q edi, ijarada turishardi, mana, Vatanli bo‘lishdi.
Adiblar xiyoboni tashkil qildik. Bu ham bejiz emas. O‘zligimizni anglamoqchi bo‘lganlar shu xiyobonga kelib ko‘rsin, nurli bo‘lib turgan Navoiy bobomizga [haykaliga] qarasin. Nima uchun Navoiy bobomizni ham qiblaga qaratib, o‘zgartirdim. Chunki buni tagida ham ilohiy kuch bor», dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi
16:30 / 01.10.2024