O‘zbekiston | 07:53 / 30.08.2021
8307
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga 90 ming doza "Sputnik V" vaksinasi keltirildi

O‘zbekistonga "Sputnik V" vaksinasining 90 ming dozalik 2-komponenti olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shunday qilib, respublikaga keltirilgan jami vaksina 17 million 946 ming 540 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan: 

  • 460 000 dozasi "Sputnik V", 
  • 986 480 dozasi AstraZeneca,
  • 13 500 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
  • 3 000 060 dozasi Moderna vaksinasidir.

"Sputnik V"ning bu komponenti ushbu vaksina 1-komponentini qabul qilgan fuqarolarni ikkinchi bosqichda emlash uchun mo‘ljallangan.

Mavzuga oid