Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyada emlash markazlariga teraktlar uyushtirilishi mumkinligi aytildi
Shveytsariya razvedka xizmati (SRC) koronavirusga qarshi emlash markazlariga terorchilar hujum uyushtirishi mumkinligini istisno etmayapti. Bu haqda Neue Zürcher Zeitung nashri ma'lum qildi.
Razvedka xizmati ayni vaqtda Shveytsariya hududida teraktlar uyushtirilishi xavfini yuqori deb baholamoqda. Jumladan, jangarilar vaksina tashuvchi transportni nishonga olishi mumkin.
SRC Afg‘onistondagi vaziyatga ham izoh berdi va uning oqibatlari Shveytsariyaga qanday ta'sir qilishi mumkinligiga baho berdi. Razvedka ekspertlarining ta'kidlashicha, Afg‘onistonda hokimiyatning toliblar tomonidan egallab olinishi terorchilik tahdidi darajasini baholashda hech narsani o‘zgartirmaydi. “Emlash markazlari, vaksinalarni tashuvchi mashinalar va ularni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar hujumga olinishi mumkin”, deb ma'lum qilgan SRC vakili Izabel Graber.
Biroq, ta'kidlanishicha, Shveytsariya razvedkasida mamlakatda terakt uyushtirilishi mumkinligining biror bir tasdig‘i yo‘q.
Mavzuga oid
14:10 / 26.05.2025
Shveytsariya G‘azoga yordam fondiga nisbatan tekshiruv boshladi
01:40 / 15.05.2025
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
21:20 / 09.05.2025
Shveytsariyada qo‘shnisining mushugiga ovqat bergan ayol sud qilinmoqda
23:08 / 24.04.2025