Surxondaryodagi maktablardan biri sifatsiz ta'mirlanayotgani aytildi. Viloyat prokuraturasi holat bo‘yicha izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari sifatsiz bajarilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holat bo‘yicha izoh berdi. Unga ko‘ra mazkur maktabda olib borilayotgan ishlar loyiha-smeta asosida olib borilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, 1-maktabda olib borilayotgan ta'mirlash ishlari Angor tumani prokuraturasi tomonidan o‘rganib chiqilgan. Unda aniqlanishicha, 1-maktabdagi ta'mirlash ishlari prezidentning 2021 yil 2 apreldagi «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-5048-sonli qarori doirasida olib borilmoqda.
Loyiha-smeta hujjatlariga asosan mazkur maktabda qiymati 4 milliard 547 million so‘mlik ishlar bajarilishi belgilangan bo‘lib, qurilish ishlari «Namuna-Istiqboli» xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu maktabning 1-qavatida 16 ta sinfxona mavjud bo‘lib, loyiha smeta hujjatlariga asosan sinfxonalarning 7 tasida yangidan pol (361,8 metr kvadrat) yotqizilgan, 6 tasida esa (348,8 metr kvadrat) mavjud pol qismi olinib ishlov berilgan va qayta o‘rnatilgan.
Bundan tashqari, maktabning 2-qavatida 20 ta sinfxona mavjud bo‘lib, loyiha-smeta hujjatlariga asosan sinfxonalarning 12 tasida yangidan pol (597,24 metr kvadrat) yotqizilgan, 8 tasida esa (591,15 metr kvadrat) mavjud pol qismi olinib ishlov berilgan va qayta o‘rnatilgan.
Ta'kidlanishicha, mazkur ishlar pudratchi tashkilot tomonidan smeta-loyiha hujjatlari asosida amalga oshirilayotgani ma'lum bo‘lgan. Holat yuzasidan prokuror nazorati tadbirlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid

14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?

18:06 / 19.02.2025
Noma’lum shaxs Toshkentdagi 71-maktabda «qirg‘in» uyushtirish bilan tahdid qildi

15:15 / 14.02.2025
Har bir tuman va shaharda kamida bittadan inklyuziv maktab tashkil etiladi

14:01 / 13.02.2025