Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolar ishtirokida audit o‘tkazish tizimi joriy etiladi
“Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat shakllari va turlariga qo‘shimcha quyidagilar amaliyotga joriy etiladi:
- moliyaviy audit;
- muvofiqlik auditi;
- samaradorlik auditi.
2021 yil 1 oktyabrdan Hisob palatasi, Moliya vazirligi va ichki audit xizmatlari har chorakda OAV vakillari ishtirokida jamoatchilikka o‘z hisobotlarni e'lon qilib boradi.
2022 yil 1 yanvardan moliyaviy nazorat tadbirlari faqatgina nazorat ishlarining yillik dasturiga kiritilgan sub'yektlarda amalga oshiriladi (kameral nazorat va qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa holatlar bundan mustasno).
2022 yil 1 yanvargacha “Davlat auditi” dasturiy kompleksi ishga tushiriladi. Unga ko‘ra:
- budjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamg‘armalari va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarda o‘tkazilgan barcha davlat moliyaviy nazorati tadbirlari, shu jumladan ichki audit xizmatlarining audit tadbirlari “Davlat auditi” dasturida ro‘yxatga olinadi;
- har bir nazorat tadbiri uchun o‘rganiladigan savollar, tadbirning predmeti, ma'lumotlarni jamlash va tahlil o‘tkazish tartibini o‘z ichiga olgan nazorat tadbirini o‘tkazish rejasi tuziladi;
- “Davlat auditi” dasturida ro‘yxatga olinmagan nazorat tadbirlari noqonuniy hisoblanadi.
2022 yildan Moliya vazirligi va har bir ichki audit xizmati tomonidan har chorakda fuqarolar ishtirokidagi audit tizimi orqali aniqlangan kamida 2 tadan obektda nazorat tadbirini o‘tkazish tizimi joriy etiladi.
Mavzuga oid
10:10 / 21.05.2025
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi
14:06 / 03.05.2025
Jahon savdo tashkilotiga a’zolik yanada jadallashtiriladi
15:06 / 01.05.2025
Moliyaviy xavflarni aniqlash va baholash tartibi belgilandi
12:35 / 18.04.2025