Jahon | 15:06 / 31.08.2021
16548
1 daqiqa o‘qiladi

Slovakiyada «Sputnik V» vaksinasi bilan emlash to‘xtatiladi

Slovakiyada «Sputnik V» bilan emlash 7 iyundan boshlangandi. 30 iyundan emlanishni istovchilarni ro‘yxatga olish to‘xtatilgan.

Foto: RIA Novosti

Slovakiyada 31 avgust kuni Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasining ikkinchi dozasi bilan emlanishning oxirgi kuni hisoblanadi. Mamlakatda ushbu vaksina bilan emlashni to‘xtatishga qaror qilingan, deb xabar berdi TASS.

Slovakiyada «Sputnik V» bilan emlash 7 iyundan boshlangandi. 30 iyundan emlanishni istovchilarni ro‘yxatga olish to‘xtatilgan. Ushbu vaksina bilan 10,5 mingga yaqin kishi emlangan, yana 8,1 ming kishi ikkinchi dozani oladi.

1 mart kuni Slovakiya bosh vaziri Igor Matovich Rossiyadan «Sputnik V» vaksinasini sotib olishga topshiriq bergan, ammo to‘rt partiyadan ikkitasi bunga qarshi chiqqandi. Har ikki partiya Matovichning iste'fosini talab qilganidan so‘ng u lavozimini tark etishga majbur bo‘ldi.

Hozirda slovakiyaliklar Pfizer / BioNTech, Moderna, AstraZeneca, Johnson & Johnson vaksinalari bilan emlanishi mumkin.

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid