Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yer berishni va'da qilib, tadbirkordan pul olgan Chinoz tuman hokimligi xodimi 5 yilga qamalgan
Chinozda tadbirkorga pora evaziga 1,3 gektar yer ajratib berishni va'da qilgan tuman hokimligi xodimiga sud tomonidan 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Chinoz tumani hokimligining bosh yuriskonsulti lavozimida ishlagan O.T. jinoyat ishlari bo‘yicha Chinoz tuman sudining 2021 yil 18 iyundagi hukmi bilan Jinoyat kodeksi 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi hamda 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Kun.uz Toshkent viloyat sudi axborot xizmati vakili Sherzod Xudoyberdiyevdan olgan ma'lumotga ko‘ra, mazkur jinoyat ishi Toshkent viloyat sudida ham ko‘rilib, sudning 2021 yil 18 avgustdagi ajrimi bilan hukm o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Chinoz tumani hokimligida ishlovchi mansabdor shaxs baliqchilik xo‘jaligi tashkil etishni rejalashtirgan tadbirkorga 1,3 gektar yer maydoni ajratilishiga yordam berishini aytib, xizmati evaziga so‘ragan 12 800 dollardan 5 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan shu yil fevral oyida ushlangan edi.
Mavzuga oid
17:29 / 23.05.2025
Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlab ketdi. Bir kishi halok bo‘ldi
20:04 / 22.05.2025
Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
13:37 / 18.05.2025
Ichki ishlarning ikki xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi
10:20 / 15.05.2025