Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bizni muvaffaqiyatli mavsum kutib turibdi». Ronaldu «MYu» bilan shartnoma imzoladi
Hujumchi Krishtianu Ronaldu rasman «Manchester Yunayted» futbolchisiga aylandi.
36 yoshli portugal mankunianliklar bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Shuningdek, bitimda uni yana bir yilga uzaytirish to‘g‘risidagi band ham bor.
Hujumchi klub rasmiy saytida dastlabki fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: «Manchester Yunayted» — doim mening qalbimda bo‘lgan klub. Jamoamga qaytganimdan so‘ng kelgan barcha maktublar va tabriklardan hayajondaman.
Yana «Old Trafford»da, tribunalar to‘la muxlislar qarshisida o‘ynashni sabrsizlik bilan kutyapman. Sabr bilan asosiy tarkibga kiritilishimni kutaman. Milliy jamoa yig‘inlari tugagach, Manchesterga boraman va tezda jamoaga qo‘shilib ketaman, deb o‘ylayman. Umid qilamanki, oldinda bizni juda muvaffaqiyatli mavsum kutib turibdi», — dedi portugaliyalik futbolchi.
Avvalroq «Yuventus» Ronaldu transferi uchun «MYu» 15 mln yevro to‘lashini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
15:13 / 21.05.2025
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?
18:52 / 01.05.2025
«To‘rt og‘ayni botirlar». Yevropa ligasi yarimfinallari oldidan
15:10 / 01.05.2025